Fazoni his qiladigan arxitektura
Kvartira, hovli uy va biznes obyektlari uchun to'liq sikl: kontseptsiyadan mualliflik nazoratigacha bitta jamoa.
Har bir loyiha uch bosqichda ko'rinadi
02 · Render
03 · Real
Interyer dizayn
Kontseptsiyadan tayyor makongacha: planirovka, materiallar, yorug'lik stsenariysi.
Eksteryer / fasad
Bino tashqi hajmi, materiallar va landshaft bilan bog'lanish.
Arxitektura
Bosh reja, hajmiy-fazoviy yechim va qurilish loyihasi.
Full-cycle qurilish
Dizayndan mualliflik nazoratigacha — bitta shartnoma, bitta jamoa.
Brief va o'lchov
Obyektga chiqish, talablar va byudjet doirasi.
Kontseptsiya
Planirovka variantlari va moodboard.
Vizualizatsiya
Render va materiallar tasdiqlanadi.
Ishchi hujjatlar
Chizmalar, smeta va ishlar grafigi.
Qurilish va nazorat
Mualliflik nazorati va obyekt topshirish.
Narx qanday hisoblanadi?
Narx obyekt maydoni (m²), tanlangan xizmat turi va ish hajmiga bog'liq. Aniq summa brief va o'lchovdan keyin, shartnomada belgilanadi — telefonda taxminiy diapazon aytiladi.
Loyiha necha oy davom etadi?
Muddat maydon va bosqichlar soniga bog'liq. Kelishilgan muddat shartnomada bosqichma-bosqich yoziladi: konsepsiya, vizualizatsiya, ishchi chizmalar. Har bosqich tasdiqlangach keyingisi boshlanadi.
1 m² narxiga nimalar kiradi?
Planirovka yechimi, 3D vizualizatsiya, materiallar tanlovi, ishchi chizmalar to'plami va spetsifikatsiya. Aniq ro'yxat shartnomadagi Scope Matrix'da yoziladi — nima kirishi va nima kirmasligi oldindan aniq bo'ladi.
Tuzatishlar soni qancha?
Har bosqichda kelishilgan miqdordagi tuzatish bepul kiradi. Undan oshsa yoki vazifa o'zgarsa — o'zgarish so'rovi rasmiylashtiriladi va muddat bilan narx qayta kelishiladi.
ARKADA qurilish ishlarini ham bajaradimi?
Ha. Full-cycle xizmatida dizayndan mualliflik nazoratigacha bitta shartnoma va bitta jamoa bo'ladi. Faqat loyiha kerak bo'lsa — qurilishsiz ham ishlaymiz.
Mualliflik nazorati nima?
Qurilish davomida obyektga chiqib, ish loyihaga mos ketayotganini tekshiramiz: materiallar, o'lchamlar, tugun yechimlari. Farq chiqsa — quruvchiga darhol ko'rsatiladi.
Ishni boshlash uchun nima kerak?
Obyekt turi, maydoni va joylashuvi — qolganini uchrashuvda aniqlashtiramiz. Plan yoki kadastr hujjati bo'lsa jarayon tezlashadi; bo'lmasa o'zimiz o'lchov olamiz.